Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzbekistan Airways koronavirus tufayli Seulga qatnovlarni to‘xtatadi

Uzbekistan Airways koronavirus tufayli Seulga qatnovlarni to‘xtatadi

2020-yilning 1-martidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turadi. Bu haqda kompaniya xabar berdi.

Qayd etilishicha, HY514 reys bilan 29-fevral kuni Seuldan uchadigan yo‘lovchilar kelishlari bilan vaqtinchalik turar joyga jo‘natiladi. Shu munosabat bilan ularni Toshkent aeroportida kutib olmaslik so‘ralgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilayotganligi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

«Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276 49 66 telefon raqami orqali murojaat qiling», - deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring