«UzAuto Motors»ning to‘rt turdagi avtomobillari o‘rnini yangi modellar va elektromobillar egallaydi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
«O‘zavtosanoat» AJ vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 2022-2023-yillarga qadar O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to‘xtatiladi.
Ularning o‘rniga 10-15 ming AQSh dollari atrofidagi yangi modellar, jumladan, Chevrolet Onix ishlab chiqarilishi boshlanadi. Ta’kidlanishicha, bu yangi modellarning ayrimlari elektromobil bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter