«UzAuto Motors» shartnomasi atrofida munozara yuzaga keldi

Yangilangan Kaptiva avtomobili uchun shartnoma tuzish boshlangandan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda shartnomadagi avtomobil narxi o‘zgarishi mumkinligi to‘g‘risida keltirilgan bir band muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Blogerning yozishicha, kompaniya 2019 yildagi va’dasini unutgan holda, yana shartnomaga yetkazib berilgan avtomobil uchun narxning oshishi mumkinligi to‘g‘risidagi bandni qayta kiritgan.
Kompaniya axborot xizmati shartnomada bir tomonlama narxlarni oshirish haqida band yo‘qligini e’lon qildi.
Shartnomaning 2.4 bandi ilgari ham bo‘lgan. Ushbu bandda keltiriladiki, qo‘shimcha to‘lov faqatgina avtomobil komplektatsiyasi o‘zgargandagina amalga oshiriladi.
2.4.1 va 2.4.3 bandlariga ko‘ra, agar komplektatsiya e’lon qilingandan farq qilsa, xaridor to‘lovni qaytarish sharti bilan avtomobil xarididan voz kechishi yoki uni almashtirish huquqiga ega.
Shuningdek kompaniya shartnomaga muvofiq keltirilgan komponentlarga ko‘ra avtomobil narxi oshmasligini eslatib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter