«Odamlar yana aldandi». UzAuto Motors shartnoma berilmasligini ma’lum qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet avtomobillari uchun shartnoma berish boshlanishi haqida xabarlar tarqalgach, bugun tongdan ko‘plab dilerlik markazlarida odamlar to‘plandi.
Holatga UzAuto Motors munosabat bildirdi.
«Bugun bir qancha avtoixlosmandlar avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlanganligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga kelishgani sababli katta navbatlar yuzaga keldi.
Hurmatli xaridorlar, sotuv boshlanganligi to‘g‘risida va boshqa murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni UzAuto Motorsning rasmiy kanallaridan olishingiz mumkin», deyiladi xabarda.
«Odamlar yana aldandi. Avtomobilga shartnoma berilarkan, degan gapga ishonib, avtosalonlarga borgan xalq yana aldanganini bilib, qo‘l siltayapti. Shartnoma berilmas ekan.
Endi kelasi safar borishadi.
Bunaqa masharabozlik yana qancha davom etarkin: puling bor, lekin o‘zing istagan avtomobilni ololmaysan?!», deya holatni izohladi Rasul Kusherbayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter