UzAuto Motors «navbat sotish» sxemasiga qarshi chora boshladi
UzAuto Motors avtomobillar uchun navbatlarni qayta sotishga qarshi kurashishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, jahonda avtomobil sanoati yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketganligi ortidan yangi avtomobillarning yetishmovchiligi kuzatildi.
Bu avtomobillarni sotish hamda sotib olishning noqonuniy yo‘llarini keltirib chiqargan.
«Yaqinda sotuv tizimi yordamida bir shaxs tomonidan avtomobillarni sotib olish uchun 10, 20 va hattoki, 200 ta kelishuv shartnomalarining tuzilganlik holatlari aniqlandi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu shaxslar yuzaga kelgan holatni o‘z biznesiga aylantirib, qo‘yilgan navbatini kutishni xohlamaydigan shaxslarga o‘z navbatini imtiyozli berish maqsadida shartnomalar tuzishadi» – deyiladi avtokompaniya xabarida.
UzAuto Motors hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mijozlarning shaxsiy murojaatlari va shikoyatlarisiz tezkor chora-tadbirlar ko‘rish, jinoiy ish bo‘yicha tergov olib borish huquqiga ega emas.
Shu bois, avtokompaniya yangi avtomobillarni sotish va sotib olishning barcha noqonuniy yo‘llarini oldini olish uchun savdo ma’lumotlar bazasini Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati inspeksiyasining yangi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish bazasi bilan sinxronlashtirmoqchi. Ta’kidlanishicha, bu loyiha noqonuniy boyish tizimi paydo bo‘lishining oldini oladi va avtomobilni olishda navbatni berishning imkonsizligini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter