Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors narxlarni o‘zgartirdi

UzAuto Motors narxlarni o‘zgartirdi

Foto: «Xabar.uz»

UzAuto Motors’ning savdo.uzavtosanoat.uz saytida kompaniya xorijdan import qiladigan avtomobillarning yangi narxlari paydo bo‘ldi. Bu modellar uchun shartnoma tuzish qayta ochilgan.

Yangi shartnomalarda Tracker 2 mln so‘mdan ortiqroqqa qimmatlaganini ko‘rish mumkin. Malibu deyarli 10 mln so‘mga arzonlashgan. Equinox 22 mln so‘mgacha qimmatlashgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.

QQS pasaygani hisobiga, Malibu 10 mln so‘mga arzonlashgan:

  • Malibu – 395 311 840 so‘m (yetkazib berish muddati: 31.03.2023)

QQS pasayganiga qaramay, Tracker 2,1–2,6 mln so‘mga qimmatlashgan:

  • Tracker Turbo 1.2 LS AT – 211 454 880 so‘m (31.08.2023)
  • Tracker Turbo 1.2 LTZ AT – 231 196 000 so‘m (30.06.2023)
  • Tracker Premier 2023 AT – 251 142 080 so‘m (31.07.2023)

QQS pasayganiga qaramay, Equinox, Traverse va Tahoe 5 foizga qimmatlashgan:

  • Equinox 1LT – 441 000 000 so‘m (30.06.2023)
  • Equinox 3LT – 472 500 000 so‘m (31.05.2023)
  • Traverse – 734 530 720 so‘m (30.06.2023)
  • Tahoe – 1 109 274 880 so‘m (31.07.2023)

Qisman O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan modellar sotuvi esa hali tiklanmadi.

Lacetti, Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktatsiya dekabr oyida yopilgan edi. Shartnoma tuzish boshlanganida ularning ham narxi oshishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring