Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» kompensatsiya to‘lashni boshladi

«UzAuto Motors» kompensatsiya to‘lashni boshladi

«UzAuto Motors» AJ Chevrolet Captiva-5 avtomobilini yetkazib berish bo‘yicha bekor qilingan shartnomalarning mablag‘larini qaytarishi va kompensatsiya to‘lanishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chevrolet Captiva-5 avtomobili bo‘yicha jami 461 ta shartnoma puli to‘langan. Ayni paytda 207 nafar xaridor Chevrolet Captiva-5 avtomobili o‘rniga boshqa avtomobilni olishga qaror qilgan, 161 nafari esa to‘langan mablag‘ni qaytarilishi uchun ariza bilan murojaat qilgan va allaqachon pullarini qaytarib olgan. 41 nafar mijoz kechagi kundan boshlab kompensatsiya sifatida taqdim etilgan 5 foizlik to‘lov summasini olgan.

Ta’kidlanishicha, qolgan xaridorlar ham o‘z mablag‘lari va kompensatsiyani yaqin ikki-uch kun ichida oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring