Uyda o‘tirib yulduz bo‘lish mumkinmi? Karantindagilar uchun tanlov e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi «Uydagi yulduzlar» tanlovini e’lon qiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Tanlov shartlari: karantin davrida uyingizda ijod bilan mashg‘ul ekaningizni tasvirga olib, ijod namunangizni @mvforbot botiga yuboring. Ishtirokchilar yoshi chegaralanmagan, ya’ni tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Har bir yo‘nalish g‘olibi 2 000 000 so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritadi. Tanlov 25 martdan 25 aprelga qadar davom etadi.
Tanlov yo‘nalishlari:
1. Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi
2. Eng yaxshi xonanda (maqom, baxshi, estrada va opera)
3. Eng yaxshi raqs ijrochisi
4. Eng yaxshi rassom
5. Eng yaxshi hunarmand
Ushbu yo‘nalishlarda tanlov g‘oliblari tanlanadi va taqdirlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter