Uyda o‘tirib 10 million so‘m ishlayotgan yigitdan internetda pul topish bo‘yicha videodars (video)

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov karantin vaqtida uyda o‘tirib, internet orqali ishlab pul topish mumkinligi haqida tashabbus bildirgani haqida xabar qilingan edi. Vazirning loyihasi bo‘yicha internetda pul topishni o‘rgatadigan ilk videodars e’lon qilindi.
«Karantin vaqtida uyidan oyiga 10 mln. so‘mdan ziyod ishlab topayotgan 25 yoshli hamyurtimiz tajribasini o‘rganish vaqti keldi.
Bu ishni hamyurtimiz poytaxtda yoki viloyat markazida emas, balki Peshku tumanida yashab, bemalol amalga oshirayotgan bo‘lsa, unda Siz nega qila olmaysiz? U bunga faqat o‘zining harakati va izlanishi orqali erishgan, alohida universitet yoki institutda ham o‘qimagan!
Shunday ekan, o‘zingizga ishoninig va internetdagi vaqtingizni bekor ketkazmay o‘z bilimingizni oshirishga hamda bu kabi qo‘shimcha daromad olishga harakatdan charchamang!
Upwork orqali o‘z tajribasini videodars sifatida yuborgan birinchi hamyurtimiz tavsiyalarini o‘rganib chiqing va yaqinlaringizga ulashing!
Upwork orqali mehnat qilib, pulingizni olishingiz uchun PayPal o‘rniga bemalol Payoneer’dan foydalanish mumkin ekan. Demak, sizning oldingizda hech qanday sun’iy to‘siq yo‘q!», — deya yozadi Sherzod Shermatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter