Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy-joy uchun beriladigan subsidiyaga murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati qisqaradi

Uy-joy uchun beriladigan subsidiyaga murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati qisqaradi

Bugungi kunga qadar boshlang‘ich badal uchun subsidiya so‘ragan 27,5 mingta murojaat bo‘yicha, faqatgina 4 mingta arizaga ijobiy xulosa berilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev videoselektor davomida ma’lum qildi.

«Hozirda 5,5 mingta ariza rad etilgan, 18 mingtasi o‘rganilmoqda.

Sababi, uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lashning amaldagi tartib bo‘yicha arizani ko‘rib chiqishga 25 kungacha vaqt ketadi.

Qo‘chqorov, Ishmetov, Davletov ikki hafta muddatda subsidiya bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatini 10 kundan 3 kungacha, kelishiladigan tashkilotlarni 9 tadan 5 taga qisqartirsin», — dedi Prezident.

Shuningdek, moliya vaziri Temur Ishmetov va Markaziy bank raisi o‘rinbosari Ayubxon Kamolovga bir oy ichida barcha hududlarga shaxsan chiqib, aholiga subsidiya berish tartibini tushuntirish va bu bilan bog‘liq muammolarni joyida hal qilish topshirig‘i berildi.

Yig‘ilish davomida aytilishicha,  shu vaqtga qadar 73 milliard so‘m yoki 8 foiz subsidiya berilgan, xolos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring