Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushlangan ayiq tabiatga qo‘yib yuborildi

Ushlangan ayiq tabiatga qo‘yib yuborildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

1-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Angren shahridagi Dukent qo‘rg‘onida aylanib yurgan ayiq tasvirlangan video tarqalgan edi.

Ayiq fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, viloyat IIBB 2-mintaqaviy hudud PPX xodimlari va IIB tomonidan xavfsiz joyga joylashtirilgan.

Xabar berilishicha, davlat ekologiya qo‘mitasi, Falcon hunting solutions va Toshkent hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan ayiqqa tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilib, u yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring