«Ushbu hafta juda iliq keladi» — O‘zgidromet

O‘zbekiston bo‘yicha 13-17 noyabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Bugun O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo‘ladi.
Ish haftasi davomida respublika bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Hafta boshida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, ish haftasining ikkinchi yarmida kunduz kungi havo harorati 21-24° iliqqacha, respublika janubida ba’zi joylarda 25-27° gacha iliq bo‘ladi.
Havo harorati hafta oxiriga kelib, kechasi 7-10° iliqqacha ko‘tariladi.
Bunday harorat foni noyabr oyining o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan 5-8° yuqori hisoblanadi.
Poytaxtimizda 13-17 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘rtacha bo‘lgan tezlikda esadi.
Bugun kunduzi havo harorati 14-16° iliq, keyinchalik kunduzgi harorat ko‘tarilib, 16-17 noyabrda 21-23° iliq bo‘ladi. Kechasi harorat 5-7° iliqdan, 8-10° iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter