Urush qatnashchilariga Toshkent shahridan uy va propiska beriladimi?
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Toshkent shahri va viloyatida propiska qilish bo‘yicha fuqarolarni qiynab kelayotgan ayrim savollar yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga xat bilan murojaat qilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasidan savolimizga quyidagicha javob keldi.
Savol. Toshkent shahriga propiskaga qo‘yishda urush qatnashchilari (ikkinchi jahon urushi, afg‘on urushi) uchun imtiyozlar bormi? Urush qatnashchilariga Toshkent shahridan uy berilishi va propiskaga qo‘yilishi haqidagi gap qanchalik to‘g‘ri?
Javob. Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 14-sentabrdagi «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur qonunda urush qatnashchilariga Toshkent shahridan uy berish va doimiy propiskaga qo‘yishda imtiyozlar qayd etilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter