Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutdagi janjalning yana bir ishtirokchisi aniqlandi. Faqat u Rossiyada

Urgutdagi janjalning yana bir ishtirokchisi aniqlandi. Faqat u Rossiyada

Foto: «Daryo»

Urgut tumani «Do‘stlik» mahallasida yashovchi Sh.Sh. 21-iyul kuni Telegram’da tumanning G‘o‘s qishlog‘ida yashovchi fuqarolarni haqoratlagani ortidan mojaro kelib chiqqani, oqibatda o‘nlab, yuzlab g‘o‘sliklar Sh.Sh.ni «samosud» qilish uchun 22-iyul kuni uning uyiga, 23-iyul kuni esa tuman hokimligi binosi oldida to‘plangani haqida xabar berilgan edi. Olomonni tinchlantirish va tarqatish uchun IIB va Milliy gvardiya maxsus kuchlarini safarbar etishga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, janjalga G‘o‘sda yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan I.B. ham sababchi bo‘lgan — u Telegram’da Sh.Sh. bilan gap talashib, so‘kingani ortidan mojaro kattalashib ketgan. Hozirda I.B.ning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Urgut tumani hokimligi axborotiga ko‘ra, fuqaro I.B. ayni paytda Rossiyada ekani aniqlanib, sodir bo‘lgan jinoiy ishga aloqadorligini aniqlash va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida uni O‘zbekistonga keltirish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring