Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda radiator suvi qaynab ketgan «Gazel» jarlikka tushib ketdi

Urgutda radiator suvi qaynab ketgan «Gazel» jarlikka tushib ketdi

Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB

2021-yil 2-iyun kuni soat 10:00 larda Urgut tumani Omonqo‘ton mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1031-km.da harakatlanib kelayotgan «Gazel» rusumli avtomashinaning radiator suvi qaynab, tik balandlikda to‘xtagan.

Haydovchi avtomashinani qo‘l tormoziga qo‘yib, suvga tushgan vaqtida, avtomashina harakatlanib, jarlikka tushib ketgan.

Hodisa natijasida avtomashinaga moddiy zarar yetgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Urgut tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring