Urgutda fuqaro Yangi yil kuni vahshiy qotillikka qo‘l urdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumani «Dehqonobod» dehqon bozorida qotillik sodir bo‘lganligi haqida xabar chiqarilgan. Bosh prokuratura mazkur hodisa yuzasidan batafsil izoh berdi.
Unga ko‘ra, 2021 yil 31 dekabr kuni Urgut tumanida joylashgan «Dehqonobod dehqon bozori» yaqinida 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.X. qo‘shnisini oldindan o‘rtalarida bo‘lgan kelishmovchilik sababli qo‘lida bo‘lgan temir bolta bilan uning bosh va bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, jabrlanuvchi 3 yanvar kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter