Urganchda qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Urganch tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi J.M. «S.S» MChJ va «Sh.Sh.» fermer xo‘jaligining kelgusi yilda ekiladigan g‘alla yer maydonlari gektarini kengaytirib berish evaziga xo‘jalik rahbari X.dan 2 900 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter