«LUKOYL»ning O‘zbekistondagi birinchi shoxobchasi ochildi. Unda bepul Wi-Fi ham bor
Bugun Toshkent shahrida «LUKOYL»ning birinchi yonilg‘i quyish shoxobchasi ochildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Shoxobchada dizel yoqilg‘isi, 92 va 95 markali benzin hamda firma motor moylari sotiladi. Barcha mahsulotlar Yevro-5 standartiga javob beradi.
O‘zbekistonda «LUKOYL» benzinlarini sotish bilan kompaniyaning sho‘’ba korxonasi — «LUKOYL O‘zneftmahsulot» shug‘ullanadi.
Yonilg‘i quyish shoxobchasida bepul Wi-Fi va kafe ham xizmat ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter