Umuman non yemaslik qanday natijalarga olib keladi?
Non va un mahsulotlaridan butunlay voz kechganda odam organizmida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. Bu haqda diyetolog va endokrinolog Alyona Barredo RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, non uglevod almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va insulin qarshiligini keltirib chiqaradigan tezkor uglevoddir.
«Agar odam nondan bosh tortsa, insulin va glyukoza kamayadi hamda uglevod va lipid almashinuvi me’yorlashadi. Shuningdek, triglitseridlar va yomon xolesterin fraksiyalari kamayadi. Ichakda patogen bakteriyalar va zamburug‘larning o‘sishi sekinlashadi, bu esa yaxshi mikrobiotaning o‘sishini ta’minlaydi», – dedi ekspert.
Parhezshunos, shuningdek, kepak va kletchatka qo‘shilgani eng foydali non hisoblanishini ta’kidladi. U insulin va glyukoza miqdorini oshiradigan barcha turdagi nonlarning eng neytralidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter