Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umida Omonova Osiyo chempioniga aylandi

Umida Omonova Osiyo chempioniga aylandi

Ayni kunlarda BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova blits yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Davron Sharipov 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husnitdinovalar 3-o‘rin sohibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Umida Omonova shaxmatning rapid yo‘nalishida ikki karra jahon chempioni hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring