Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umid Ahmadjonov: «Murabbiylar ishiga hech kim aralashmaydi»

Umid Ahmadjonov: «Murabbiylar ishiga hech kim aralashmaydi»

Foto: «ufa.uz»

Bugun O‘zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi, argentinalik mutaxassis Ektor Kuper tantanali kutib olingani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoamizning yangi murabbiyi bilan uchrashdi.

«Bizning xalqimiz juda ham futbolsevar. Siz milliy terma jamoamizni boshqarib borishingiz e’lon qilinganidan keyin, yurtimizdagi futbol muxlislari bu xabarni katta quvonch bilan kutib olishdi. Asosiy maqsadimiz oldimizda turgan katta musobaqalarda ijobiy natijalarga erishish, Tokio-2020 hamda Jahon chempionati — 2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi buning uchun Sizga barcha sharoitlarni yaratib beradi. Murabbiylar ishiga hech kim aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz degan umiddaman», — dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z o‘rnida, Ektor Kuper ham bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratini ayamasligini bildirib o‘tar ekan, aeroportdagi kutib olish marosimidan hayratda ekanini yashirib o‘tirmadi.

Uchrashuv so‘ngida Umid Ahmadjonov Ektor Kuperga uning nomi tushirilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining ramziy libosi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun soat 15:00da Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring