Ulug‘nordagi «gaz-zapravka»da ikkita «Damas» yonib ketdi
Bugun, 12-avgust kuni soat 12:40da Andijon viloyati Ulug‘nor tumani Sariqsuv MFY hududida joylashgan «VIKTORIYa GAZ SERVIS» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining 6-kolonkasida gaz to‘ldirayotgan 2 ta avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etishga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 12:50 da yetib borgan va yong‘in soat 12:52 da qurshab olinib, soat 13:00 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inni keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in oqibatida AGTKShning 6-kolonkasida gaz to‘ldirayotgan fuqaro X.X.ga tegishli «Damas» rusumli avtomobilida yong‘in sodir bo‘lib, alanga uning orqasida navbatda turgan fuqaro J.G‘.ga tegishli «Damas» rusumli avtomobiliga o‘tib ketishidan ikkala avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter