Ulug‘bek Rashitov JCh yarim finaliga chiqdi
Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov Bokuda taekvondo bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Ulug‘bek Rashitov chempionatda dastlab Malavi, Tunis va Turkiya vakillarini dog‘da qoldirib, chorak finalda gretsiyalik Konstantinos Chamalidisga duch keldi. Bu bahsda ham hamyurtimiz g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Rashitov kamida jahon chempionatining bronza medalini naqd qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter