Ukrainaning bosib olingan hududlarida o‘tkazilgan referendum natijalari e’lon qilindi
![Ukrainaning bosib olingan hududlarida o‘tkazilgan referendum natijalari e’lon qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1574805256.jpg)
Rossiya hukumati joriy yil 23-27-sentyabr kunlari Ukrainaning bosib olingan hududlari – LXR, DXR hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan referendum natijalarini, saylov byulletenlarining 100 foizi ko‘rib chiqilgach, e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
▪ Xerson viloyatida — 87,05 foiz,
▪ Zaporoje viloyatida — 93,11 foiz,
▪ DXRda — 99,23 foiz,
▪ LXRda — 98,42 foiz aholi «Ha» deb ovoz bergan.
DXR markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 99,23 foizi kirish uchun ovoz berganini, referendumda esa saylovchilarning 97,51 foizi ishtirok etganini ma’lum qilgan.
Avvalroq, RF Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Medvedev referendum tugaganini ma’lum qilib, «Referendum tugadi.Natijalar aniq. Rossiyaga, uyga xush kelibsiz!» – degan mazmunda munosabat bildirgan edi.
Ukraina rahbari Zelenskiy esa BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida agar Rossiya referendumlar natijalarini tan olsa, Putin va u o‘rtasida boshqa gaplashadigan gap yo‘qligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq referendum natijalarini, u qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, tan olmasligini bildirgan davlatlar haqida xabar berilgan edi.
Bu borada O‘zbekiston «ehtiyotkorona diplomatiya» sabab o‘z tutumini hozircha oshkor qilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter