Ukrainani tiklash uchun 350 milliard dollar kerak

Jahon banki, Yevrokomissiya hamda ukraina hukumati hamkorlikda o‘tkazgan yangi hisob-kitoblar Ukrainani urushdan so‘ng tiklash qariyb 350 mlrd AQSh dollariga tushishini ko‘rsatmoqda.
Rossiya armiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazgan moddiy zararni Jahon banki 97 mlrd dollarga baholadi. Ukraina yalpi ichki mahsuloti, Rossiya bosqiniga qadar, 2021- yilda 200 mlrd dollarni tashkil etgandi.
Mavzuga oid: Urushning bir kuni Ukrainaga qanchaga tushyapti?
Yevropa ittifoqi eng muhim infratuzilma hamda hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun Ukrainaga bugun 5 mlrd yevrolik makromoliyaviy yordam ajratdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter