Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada bepul osh tarqatgan o‘zbek vafot etdi

Ukrainada bepul osh tarqatgan o‘zbek vafot etdi

Ukrainaning Chuguyev shahrida o‘zbekistonlik 36 yashar Sardor Hakimov vafot etdi. Bu haqda mahalliy imom Timur Beridze ma’lum qildi.

Asli O‘zbekistonning Andijon viloyati Asaka shahridan bo‘lgan Sardor Hakimovni Chuguyevda juda taniqli edi. U Ukrainada urush vaqtida xayriya ishlari bilan shug‘ullanib, shahar ahliga tekinga osh tarqatishi bilan tanilgan edi.

Qayd etilishicha, 25 iyul kuni Sardor u yashagan madaniyat markazining o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan.

«Otishma vaqtida u yerto‘lada bo‘lib, palov pishirishga hozirlik ko‘rayotgan edi.

Urush boshlanishidanoq u o‘z hisobidan doimiy ravishda Chuguyev aholisini mazali bepul palov bilan siylardi», deydi Timur Beridze.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring