Ukraina urushiga borgan qirg‘izistonlik 10 yilga «kesildi»
Bishkek sudi Qirg‘iziston fuqarosini Ukrainadagi urushda ishtirok etgani uchun o‘n yilga ozodlikdan mahrum qildi.
U o‘zga davlat hududida askar bo‘lib yollanish moddasi bo‘yicha hukm qilingan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 31 yoshli fuqarosi 2022-yil iyun oyida Moskvada bo‘lgan va Luganskdagi Rossiya harbiy kuchlari safiga qo‘shilishga qaror qilgan.
2022-yilning iyulida shu maqsadda u Bryanskka yetib borib va shartnoma imzolagan. Sentyabrdan noyabrgacha u Soledar va Popasnada «oldingi chiziqni moddiy ta’minlash bilan ishlari shug‘ullangan», deyiladi hukmda.
Mahkumning o‘zi sud majlisida urushga borishdan oldin 12 yil, jumladan, Ozon omborida ishchi bo‘lib ishlaganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter