Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ukraina uchun qiyomat kuni kelishi mumkin» – Medvedev

«Ukraina uchun qiyomat kuni kelishi mumkin» – Medvedev

Foto: RIA Novosti

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Volgogradda faxriylar bilan uchrashuvda Qrimga hujum sodir bo‘lgan taqdirda Ukraina boshiga qiyomat kuni kelishini aytdi.

«U yerda vaqti-vaqti bilan qandaydir bayonotlar bilan chiqayotgan balandparvoz masxarabozlar Qrimga hujum va hokazolarni nazarda tutib, bizga tahdid solishga harakat qilmoqdalar. Bunday gaplarning oqibati ayonki, agar shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lsa, ular uchun bir vaqtning o‘zida qiyomat kuni keladi. Juda tez va qattiq. Yashirinishga ham ulgurishmaydi», dedi Dmitriy Medvedev.

Qayd etilishicha,bir kun avval Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi matbuot kotibi Vadim Skibitskiy Kiyev Qrimga zarba berish uchun Amerika raketalaridan foydalanishi mumkinligini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring