Ukraina termasi a’zolari Sloveniyada yig‘iladi
Futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasi a’zolari JCh-2022ga tayyorgarlik ko‘rish uchun 29 apreldan Sloveniyada yig‘ilishni boshlaydi. Ular mundialning o‘tish o‘yinlarida qatnashishi kerak.
Ukraina termasining JCh-2022dagi o‘yinlari Rossiya bilan urush boshlangani sabab noma’lum muddatga qoldirilgandi. Uning raqibi Shotlandiya termasi bo‘lib, agar ukrainlar g‘alaba qozonsa, so‘nggi o‘yinda Uelsga qarshi maydonga tushishadi. O‘yin 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Sloveniyadagi yig‘inga legioner futbolchilar milliy chempionatlar yakunlangach, ya’ni 1 iyundan boshlab qo‘shiladilar. Bosh murabbiy Aleksandr Petrakov 25 futbolchini jalb qilgan:
Darvozabonlar: Georgiy Buщan (Dinamo Kiyev), Andrey Pyatov, Anatoliy Trubin (ikkisi — Shaxtyor Donetsk), Dmitriy Riznik (Vorskla Poltava).
Himoyachilar: Aleksandr Karavayev, Ilya Zabarniy, Aleksandr Sirota, Denis Popov (barchasi — Dinamo Kiyev), Nikolay Matviyenko, Sergey Krivsov, Viktor Korniyenko, Valeriy Bondar, Yefim Konoplya (barchasi — Shaxtyor Donetsk).
Yarim himoyachilar: Taras Stepanenko, Mixail Mudrik (ikkisi — Shaxtyor Donetsk), Sergey Sidorchuk, Viktor Sigankov, Nikolay Shaparenko, Vitaliy Buyalskiy (barchasi — Dinamo Kiyev), Sergey Buletsa (Zarya Lugansk), Aleksandr Pixalenok, Aleksey Gutsulyak (ikkisi — SK Dnepr-1).
Hujumchilar: Artyom Dovbik (SK Dnepr-1), Denis Garmash, Artyom Besedin (ikkisi — Dinamo Kiyev).
Eslatib o‘tamiz, Rossiya FIFA sanksiyasiga tushib, JCh-2022 musoboqasidan chetlatilgan. Ukraina agar o‘tish bahslarini muvaffaqiyatli yakunlasa, B guruhidan joy oladi. Bu guruhda Angliya, Eron va AQSh bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter