Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina terma jamoasi futbolchisi qurolli kuchlar safiga qo‘shildi

Ukraina terma jamoasi futbolchisi qurolli kuchlar safiga qo‘shildi

«Spartak»ning sobiq futbolchisi va Ukraina terma jamoasi sardori bo‘lgan Vladislav Vashchuk Ukraina qurolli kuchlari safiga qo‘shildi. Bu haqda sobiq futbolchi «Instagram»da ma’lum qildi.

Vladislav Vashchuk 18 may kuni Ukraina Milliy gvardiyasi qasamyodini qabul qildi. U 2003 yilda Moskvaning «Spartak» klubida o‘ynagan.

«Ha, bu mening shaxsiy qarorim edi. Ha, oila va do‘stlarim hali ham shokda. Ha, bilaman, ba’zilar meni hech qachon tushunmaydilar. Ukraina Milliy gvardiyasi. Hujum brigadasi. Askar Vladislav Vashchuk. Men Ukraina xalqiga xizmat qilaman!»— deb yozgan sobiq futbolchi.

48 yoshli Vashchuk 2003 yilda «Spartak» safida to‘p surgan va Moskva jamoasida 29 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. U faoliyatining asosiy qismini Kiyevning «Dinamo» jamoasida o‘tkazgan.

U 1996 yildan 2007 yilgacha Ukraina terma jamoasida o‘ynagan va 2006 yilgi jahon chempionatining chorak finaliga qadar yetib borgan.

Hozirda u Ukraina plyaj futboli assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring