Ukraina Rossiyaga javob zarbasini berdi

Kecha 14 oktyabr kuni tunda Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning Belgorod viloyatiga AQSh tomonidan yetkazib berilgan AGM-88 HARM antiradar raketalari bilan zarba berdi.
Qayd etilishicha, Ukraina tomon uchirilgan bir nechta raketalar issiqlik elektr stansiyasiga kelib tushgan. Shaharda elektr bilan bog‘liq muammolar mavjud.
«Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i Sergey Potapov, mening o‘rinbosarim Konstantin Polejaev, uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Aleksey Botviniev, Belgorod shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Valentin Demidov va barcha operativ xizmatlar. Oqibatlarini imkon qadar tezroq bartaraf etishga harakat qilamiz. Zaxira manbaga o‘tishning taxminiy vaqti to‘rt soatgacha. Suv ta’minoti normal, nasoslar boshqa elektr tarmoqlariga o‘tdi», — deydi gubernator Gladkov.
Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar qilishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari Belgorod viloyati hududiga jami 100 dan ortiq raketa uchirgan. Ta’kidlanishicha, Rossiya chegaradosh hududida qariyb olti oy davomida bunday shiddatli hujumlar sodir bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, 10 oktyabr kuni Rossiya dengizdan turib Kiyevga raketa zarbasi bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter