Ukraina Rossiya hududini o‘qqa tutdi. Qurbonlar bor

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Belgorod shahri markazini o‘qqa tutdi. Bu haqda gubernator Vyacheslav Gladkov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bola halok bo‘lgan va boshqa jarohatlanganlar bor.
Gladkovning aytishicha, shaharda raketa hujumidan ogohlantirish sirenasi ishga tushirilgan. U barcha mahalliy aholini boshpanaga yashinishga chaqirdi. «Xavf saqlanib qolmoqda», deya qo‘shimcha qilgan u.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning Belgorodga zarba berishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetgan, ulardan bir nafari bola. Jarohatlanganlar soni 45 nafarga yetdi, ulardan 4 nafari bolalar ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 29 dekabr kuni Rossiya Ukraina hududiga, jumladan Kiyevga keng ko‘lamli raketa hujumlarini uyushtirgandi. Oqibatda 39 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgani, 160 kishi jarohatlangani aytilgandi. Zelenskiy tez orada Ukraina javob qaytarishini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter