«Ukraina qarshi hujumga o‘tishga tayyor» – NATO bosh kotibi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg fikricha, Kiyev hozirda Ukraina hududlarini rus bosqinchilaridan ozod qilish uchun yetarlicha harbiy salohiyatga ega.
«NATO misli ko‘rilmagan yordam ko‘rsatmoqda. Ishonchim komilki, Ukraina endi bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun yetarli imkoniyatlarga ega», – degan NATO bosh kotibi Osloda o‘tkazilgan NATO tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi yakunlari bo‘yicha brifing chog‘ida.
Shuningdek, Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, NATO ittifoqchilari Ukrainaga uzoq muddatli xavfsizlik tizimini yaratishda yordam berishlari kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter