Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainadagi elchixona o‘zbekistonliklarni mamlakatni tark etishga chaqirmoqda

Ukrainadagi elchixona o‘zbekistonliklarni mamlakatni tark etishga chaqirmoqda

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zbekistonliklarni ushbu mamlakatni tark etishga chaqirdi.

«Ukraina shaharlariga raketa hujumlarining kuchayishi ortidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Ukrainaga kelish va ushbu davlatda bo‘lish yuzasidan qilgan murojaatlariga javoban, elchixona yana bir bor vatandoshlarimizni, ziddiyat o‘z iziga tushguniga qadar, Ukrainaga sayohat qilishdan cheklanishga chaqiradi.

Bundan tashqari, frontdagi vaziyatning keskinlashuvi hamda butun Ukraina bo‘ylab raketa va artilleriya zarbalarining davom etishi ehtimoli yuqoriligidan kelib chiqib, vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu mamlakatni tark etishlarini so‘raymiz», – deyiladi Elchixona xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring