Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina maoshlarni tinmay oshiryapti, Jahon banki esa xavotirda...

Ukraina maoshlarni tinmay oshiryapti, Jahon banki esa xavotirda...

Foto: «Replyua.net»

Rasmiy Kiyev iqtisodiyotdagi tizimli islohotlarni yakunlamay turib eng kami ish haqi (EKIH)ning jadal oshirilishini to‘xtatishi kerak. Bu haqda Jahon bankining Ukrainadagi vakolatxonasi iqtisodiyotchisi Anastasiya Golovach ma’lum qildi.

«Zerkalo nedeli» nashriga bergan intervyusida Golovach ta’kidladiki, davlat sektoridagi istalgan ish haqi va ustamalarning oshirilishi hozircha nomaqbul, yakunda bu iqtisodiy o‘sishda salbiy oqibatlarga olib keladi.

Anastasiya Golovach. Foto: «Crimea-news»

«Ya’ni ulardan (ish haqlari oshirilishi — tahr.) sof iqtisodiy samara salbiy tomonga bo‘ladi — aholining cheklangan qismigina ish haqlari oshishidan yutadi, qolgan iqtisodiy agentlar uchun bu zarardan boshqa narsa emas», — dedi Jahon banki vakili.

Golovachning ta’kidlashicha, Ukraina 2017-yili EKIHni deyarli ikki baravar, 2018-yili esa 30 foizga oshirgan, shuningdek, qator budjetchilar (o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlari) qo‘shimcha sohaviy ustamalarni qo‘lga kiritgan. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, bularning natijasida davlat sektoridagi maoshlar YaIMning 9,6 foizidan (2016-yil) 11 foizigacha (2018-yil) miqdorda o‘sgan. Holbuki, Jahon banki baholashicha, EKIHning bunday o‘sishi inflyasiyaning o‘sishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda. Golovach urg‘uni shunga ko‘rsatmoqda, agarda Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan qiyoslansa: 9,6 foiz — ko‘p, 11 foiz — juda ko‘p!

2019-yil iyun oyida bosh vazir Vladimir Groysman Ukraina iqtisodiyotining o‘sishi eng kam ish haqini yana kamida ikki baravarga oshirishga kifoya qilishini va bu aslo «bosma mashina» ssenariysi emasligini alohida ta’kidlagandi.

Vladimir Groysman. Foto: «Glavred»

«Har bir ishli odam do‘konga borganida o‘ziga kerakli narsani sotib olishga qurbi yetishini istaymiz. Men eng kami ish haqini $50 dan $150 ga chiqara oldim. Yaqin ikki yilda EKIHni $300 ga yetkazishimiz mumkin. Bu qanday qilinishini bilaman», — degandi Groysman.

Bosh vazir 10 iyul kuni o‘qituvchilarning maoshi 2020-yildan oshirilishini e’lon qildi. Groysmanning bildirishicha, pedagoglarning maoshi 20 foizdan 70 foizgacha ko‘payadi.

Bir muhim ma’lumot: 21-iyul kuni parlamentga navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tadi, Groysman esa o‘z siyosiy kuchlari bilan navbatdagi chaqiriq Radasiga kirishga urinib ko‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring