Ukraina doni ortilgan ilk kema manziliga yetib bordi
Istanbulda tekshiruvdan o‘tgan «POLARNET» kemasi Turkiyadagi so‘nggi manziliga yetib bordi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakovning ta’kidlashicha, ushbu muvaffaqiyatli tajriba mamlakat portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish kelajagiga umid bilan qarash imkonini beradi.
Infratuzilma vazirligi ma’lumot berishicha, «POLARNET» bilan bir karvon bo‘lib yo‘lga tushgan «NAVI STAR» va «ROJEN» kemalari taxminan bir haftadan so‘ng manzilga yetib keladi.
22 iyul kuni Rossiya, Ukraina va Turkiya Ukrainadan don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hech qanday to‘siqlarsiz tashish borasida kelishib olgandi. Kelishuv kuchga kirganidan buyon Ukraina portlaridan makkajo‘xori, kungaboqar pistasi va yog‘i (jami 300 ming tonna mahsulot) ortilgan 10 ta kema boshqa mamlakatlarga yo‘l olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter