Ukraina aholisi keskin qisqarib ketgani xabar qilindi
Ukraina aholisi Rossiya hujumi boshlanganidan keyin 37,6 milliondan 29 million kishiga kamaydi, deb hisoblaydi Ukraina kelajak instituti.
Institutning qayd etishicha, hozir mamlakatda istiqomat qilayotgan 29 million kishidan atigi 9,1-9,5 million ukrainaliklar ishlaydi.
«Agar siz davlat xodimlarini qo‘shmasangiz, 6-7 millionga yaqin odam qoladi. Ular boshqalarni - 22-23 million kishini, jumladan, nafaqaxo‘rlar, bolalar, talabalar, ishsizlar, qaramog‘ida bo‘lganlar, o‘sha davlat sektori xodimlarini ta’minlaydigan jamoadir», - deydi nashr.
Eslatib o‘tamiz, 1991-yilda Ukraina aholisi 51 million atrofida baholangan.
2022-yilda esa mamlakatda qariyb 41 mln. kishi yashayotgani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter