UEFA Yevro-2020 ko‘chirilishi evaziga klub va ligalardan €300 mln. olmoqchi
UEFA tashkiloti Yevro-2020 musobaqalari ko‘chirilishi badaliga klub va milliy ligalardan 275 mln. funt sterling (302 mln. yevro) talab qilmoqda, deb xabar berdi «REGNUM».
Ta’kidlanishicha, Yevropa chempionatining 2021-yilga ko‘chirilishini UEFA ana shunchaga baholamoqda. Ushbu talab bugun, 17-mart kuni chempionatni ko‘chirish masalasiga bag‘ishlangan videokonferensiyada muhokamaga tashlanishi aytilmoqda.
Agarda Yevro-2020 yanagi yilga ko‘chirilsa, koronavirusga karantin tugaganidan so‘ng, klublar milliy chempionatlardagi joriy mavsumgi o‘yinlarni oxirigacha yetkazib qo‘yishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter