Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchko‘prikdagi hammomda fojia yuz berdi, uch kishi qurbon bo‘ldi

Uchko‘prikdagi hammomda fojia yuz berdi, uch kishi qurbon bo‘ldi

Bugun Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanidagi hammomda gaz-havo chaqnashi sodir bo‘ldi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Soat 17:00 da tumanning Qorayantoq qishlog‘ida joylashgan hammomda gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda hammom binosining tom qismi qulab tushgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida uch nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib borgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring