Uchinchi jahon urushiga kim sabab bo‘lishi mumkinligi aytildi
![Uchinchi jahon urushiga kim sabab bo‘lishi mumkinligi aytildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_235583365.jpg)
AQShning 45-prezidenti Donald Trampning fikricha, amaldagi prezident Jo Baydenning «iqtidorsizligi» Uchinchi jahon urushi xavfini keltirib chiqaradi.
Bu haqda Tramp Texasdagi mitingda aytdi.
«Har kuni Baydenning qobiliyatsizligi Amerikani xavf ostiga qo‘yadi. Hamma biladi, agar men prezident bo‘lganimda, Rossiyaning Ukraina bilan qilayotgan ishlari hech qachon mumkin bo‘lmasdi», — dedi Tramp.
U o‘z prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlar «kuch orqali tinchlik» degan tashqi siyosat tamoyilini tan olganini eslatdi. Bundan tashqari, Tramp Qo‘shma Shtatlarning yangi urushlarga kirishiga yo‘l qo‘ymaganini o‘zining xizmati deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukraina chegarasida katta qo‘shin to‘playotgani va G‘arb tomoni xavotiri sabab Sharqiy Yevropada taranglik kuchaymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter