Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirusni «o‘ldiruvchi» mahsulotni aniqlashdi

Olimlar koronavirusni «o‘ldiruvchi» mahsulotni aniqlashdi

Foto: «On-desktop.com»

Fransiyaning Monpele universiteti tadqiqotchilar guruhi koronavirusni «o‘ldiruvchi» mahsulotni aniqlashdi, deya xabar berdi «The Sun».

Tadqiqot mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra, bu mahsulot oddiy karam hisoblanadi. Olimlar koronavirusdan o‘lim darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda karamning har xil turlari ko‘p iste’mol qilinishini aniqlashdi. Masalan, Germaniya va Janubiy Koreyada COVID-19 bemorlari orasida o‘lim ko‘rsatkichi juda past, — deb yozadi «The Sun».

Ta’kidlanishicha, karam tarkibida koronavirusning og‘ir kechishiga to‘sqinlik qiladigan moddalar mavjud. Oddiy misol, tuzlangan karam tarkibidagi antioksidantlar organizmning patogenlarga qarshi himoyasini kuchaytiradi.

Avvalroq ispaniyalik diyetolog Alexandro Kanovas va Ispaniya pulmonologiya va torakal xirurgiya (SEPAR) jamiyati rahbari Eusebi Chiner o‘pkani koronavirusdan himoya qilishga yordam beradigan mahsulotlarni sanab o‘tishgandi. Kanovasning so‘zlariga ko‘ra, tuxum, guruch, baliq, yong‘oq nafas tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Chiner esa buni o‘pka holati yomonlashganda organizmning oqsilga ehtiyoji ortishi bilan izohlagan. Xususan, tuxum tarkibida A vitamini kabi yog‘da eriydigan darmondorilar, shuningdek, sifatli oqsillar bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring