Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch nafari ushlandi, ikki shaxs qidiruvda. Bosh prokuratura Mo‘ynoqdagi hodisa yuzasidan xabar berdi

Uch nafari ushlandi, ikki shaxs qidiruvda. Bosh prokuratura Mo‘ynoqdagi hodisa yuzasidan xabar berdi

Mo‘ynoq tumani hududida brakonerlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qilingani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

2019-yil 5-sentyabr kuni soat 06:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari T.Toreniyazov, D.Kallibekov va A.Kalimbetovlar tomonidan Mo‘ynoq tumanidagi «Qazaqdarya» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Akpetkey» ko‘llar tizimida o‘tkazilgan reyd vaqtida, davlat raqami bo‘lmagan «UAZ» rusumli avtomashinada bo‘lgan noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan 5 nafar fuqarolar inspektorlarning qonuniy talabiga bo‘ysinmasdan, voqea joyidan qochib ketishni ko‘zlab, qo‘mita xodimlari boshqaruvidagi davlat raqami 95 Y 469 GA bo‘lgan avtomashina baloniga o‘q otar ov miltig‘i bilan o‘q uzib, voqea joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Mo‘ynoq tuman prokuraturasi tomoindan 2019-yil 6-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ulardan 3 nafari ushlangan.

Shuningdek, tezkor xodimlar tomonidan qolgan 2 nafar fuqarolar qidirilmoqda. Noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar boshqaruvidagi «UAZ» rusumli avtomashinaning davlat raqami 80 S 401 EA ekanligi aniqlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring