Uch nafar bola Zarafshon daryosida cho‘kib ketdi
Kuni kecha, 25 may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishgan.
FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan.
Qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
«Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, ta’qiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter