Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch harbiy uchuvchi Rossiyaga, 45 nafar «Azovstal» himoyachisi Ukrainaga qaytdi. Rossiya va Ukraina yana mahbuslarni almashishdi

Uch harbiy uchuvchi Rossiyaga, 45 nafar «Azovstal» himoyachisi Ukrainaga qaytdi. Rossiya va Ukraina yana mahbuslarni almashishdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya va Ukraina o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi, unda 45 kishi Ukrainaga qaytdi, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak.

«Ular «Azovstal» himoyachilari. Barchasi to‘qqiz yil avval Azov qirg‘og‘ida tuzilgan bo‘linmaning Milliy gvardiyachilaridir. 35 nafar oddiy askar va serjant, 10 nafar ofitser», — deb yozgan Yermak.

Shuningdek, uning aytishicha, ozod etilgan ukrainalik askarlardan biri ikki marta Rossiya asirligida bo‘lgan – birinchi marta u Shirokinsk operatsiyasi vaqtida (2015 yilning fevral-iyul oylarida Mariupol yaqinidagi janglar) asirga olingan va u yerda ikki yarim yilini o‘tkazgan.

O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi uch nafar harbiy uchuvchining qaytib kelgani haqida xabar berdi.

«Ozod qilingan harbiy xizmatchilar Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalariga davolanish va reabilitatsiya qilish uchun harbiy transport samolyotlarida yetkaziladi», — deyiladi xabarda.

Urush boshlanganidan beri eng katta asir almashish o‘tgan yilning 22 sentyabrda bo‘lib o‘tgan. Kiyev siyosatchi Viktor Medvedchuk va 55 nafar rossiyalikni Ukraina Qurolli kuchlarining 215 nafar harbiy xizmatchisiga, jumladan Azov qo‘mondonlari va «Azovstal» himoyachilariga almashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring