Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch doza bilan emlangan erkak «omikron» sabab olamdan o‘tdi

Uch doza bilan emlangan erkak «omikron» sabab olamdan o‘tdi

Braziliyada COVID-19 vaksinasining uch dozasi bilan emlangan bemor «omikron» shtammidan vafot etdi. Bu haqda G1 portali ma’lum qildi.

Bu mamlakatdagi koronavirusning ushbu shtammi bilan kuzatilgan birinchi o‘lim hodisasi. O‘lim Goyas shtatida joylashgan Aparesida-di-Goyania shahrida qayd etilgan.

Marhum erkak 68 yoshda bo‘lgan. U surunkali o‘pka kasalligi va gipertoniya bilan og‘rigan.
Marhum emlangan preparatning nomi ko‘rsatilmagan.

Avvalroq, JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus insoniyat 2022-yilda koronavirusni yengishi mumkinligini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring