Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucellda o‘zgacha donor kuni o‘tkazildi

Ucellda o‘zgacha donor kuni o‘tkazildi

COSCOM mas’uliyati cheklangan jamiyat ofisida (Ucell savdo belgisi) Respublika qon quyish markazi sayyor guruhining yordami bilan kompaniya xodimlarining ixtiyoriy va beg‘araz donorlik qon topshirish jarayoni tashkillashtirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ucelldan yordam so‘rab murojaat qildi. Har yili 14 iyun kuni Ucell xodimlari an’anaviy tarzda markazning mutaxassislari ko‘magi ostida kompaniya binosida o‘tkaziladigan Xalqaro donor kunida ishtirok etardilar. Bugungi kunda kompaniyada 147 kishi donor unvoniga ega. Hozirgi qiyin vaziyatda 2020-yilgi donorlar kunini oldinroqqa surishga to‘g‘ri keldi.

13-aprel kuni rahbariyat ko‘magi bilan Ucell Plaza ofisida ishlashni davom ettirayotgan va sog‘ligi ko‘targan xodimlar uchun xayriya qon yig‘ish tashkil etildi.

Qon topshirilgan xona oldindan dizinfeksiya qilindi.

Barcha donorlarga ovqatlanish va rejim haqida oldindan ogohlantirildi.

Tibbiyot guruhi barcha zarur dori-darmonlar, anjomlar va sakkizta tibbiy yotoqlar bilan navbatchi avtobusda Ucell Plaza bosh ofisiga yetib keldi. Ishchilar orasida bitta shifokor, uchta hamshira, ikkita laborant, ro‘yxatga oluvchilar va sanitarka bor edi.

Shuni ta’kidlash kerakki, qon topshirish paytida barcha donorlar ijtimoiy masofani qat’iyan saqlab borishdi. Kutayotganlar uchun yerda maxsus belgilar qo‘yildi.

Vladimir Kravchenko, COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) bosh direktori v.b.:

—Kompaniya ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida har doim ijtimoiy loyihalar va xayriya tadbirlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qon topshirish ham Ucellning an’anasiga aylangan. Inqirozli vaziyatlarda odamlarning qon topshirishga tayyorligi hurmatga loyiqdir. Bugun biz mamlakatimiz shifokorlarining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini, ayniqsa, unutmasligimiz kerak.

Muhabbat Karimova, qon quyish ilmiy izlanish markazida katta hamshira:

— Ucell kompaniyasi bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilamiz. Har safar bu yerda 80-100 yaqin donorlar qatnashadi. Hozirda donorlar soni bilan qiyinchilik bo‘lgani tufayli, biz murojat bilan kompaniyaga chiqdik. Vaziyatga qaramay, yo‘q demasdan qo‘llab-quvvatlaganlari uchun Respublika qon quyish markazi rahbariyati, barcha bemorlar nomidan katta rahmat aytamiz.

Natijada, kun yakunida Ucellning barcha departament va boshqarmalaridan 53 nafar xodim qon topshirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring