Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell: Rebrending kompaniyaning strategik rejalariga kiritilmagan

Ucell: Rebrending kompaniyaning strategik rejalariga kiritilmagan

COSCOM MCHJ (Ucell savdo belgisi) O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab moliyaviy va texnologik institutlari va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda faol ishlab kelmoqda. Kompaniyaning barcha faoliyati yuqori sifatli va arzon raqamli xizmatlarni taqdim etish orqali 8 milliondan ortiq abonentlar hayotini yanada qulayroq qilishga qaratilgan.

Ucellning tarmoqni rivojlantirishga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalari – yetakchilik uchun strategik tashlangan qadam. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga ko‘ra, birgina 2022 yilning o‘zida tarmoqni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 111,5 million dollarni tashkil etdi.

Ucell yangi baza stansiyalarini qurish, mavjud baza stansiyalarini modernizatsiya qilish, savdo nuqtalari tarmog‘ini kengaytirish va abonentlar uchun yangi qulay xizmatlarni joriy etish quvvatlarini oshirmoqda.

Shu bilan birga, biz mamlakat va jahonning yetakchi texnologik kompaniyalari bilan sheriklikda hamkorlik loyihalarini ham faol rivojlantirmoqdamiz. Ucell brendini yaxshi bilishadi va sevishadi. Shuning uchun kelajakda biz faqat uning mashhurligi va unga bo‘lgan ishonchni rivojlantirish hamda mustahkamlashni rejalashtirmoqdamiz.

Rebrending kompaniyaning strategik rejalari yoki loyihalariga kiritilmagan.

Ucell savdo belgisi Ucell tomonidan joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida telekommunikatsiyalarni rivojlantirish orqali hayotning eng yaxshi sifati hamma joyda mavjud bo‘lishini va har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun foydali bo‘lishini ta’minlashga intiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring