Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell O‘zbekistonning ko‘pmillatli xalqini mamlakatning eng asosiy bayrami bilan tabriklaydi!

Ucell O‘zbekistonning ko‘pmillatli xalqini mamlakatning eng asosiy bayrami bilan tabriklaydi!

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) ilk bor Mustaqillik kunini davlat tashkiloti sifatida qarshi olmoqda.

2018-yilning dekabrida mulkdorning almashinuvidan buyon o‘tgan davr mobaynida, jamoa bir qator ijobiy natijalarga erishdi. 2019-yilning birinchi yarmida, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pozitiv trendlar kuzatildi.

  • SIM-kartalar savdosi 14,3 foizga o‘sdi.
  • Abonentlar bazasi 8 foizga oshdi va bugungi kunda 7,6 mln abonentni tashkil etmoqda.
  • Abonentlardan daromad 2 foizga o‘sdi.

Abonentlar uchun maqbul sharoitlar yaratish maqsadida beshta yangi tarif rejasi ishga tushirildi. Barcha segmentlarga mansub: bola yoshidagi abonentlar uchun, internetdan faol foydalanuvchi abonentlar uchun, shuningdek, ko‘proq muloqotni xush ko‘ruvchi abonentlar uchun yigirmadan ortiq xizmat va aksiyalar joriy etildi.

Taqdim etilayotgan xizmatlar va tarif rejalarining iste’molga oid xususiyatlari yaxshilanishi iste’molning ortishiga olib keldi: ovozli trafik 2019-yilning birinchi yarmida 2018-yilgisiga nisbatan 20 foizga o‘sdi, internetdan foydalanish esa ikki karradan ziyodroqqa oshdi.

Kompaniya jamoasi Mustaqillikning 28 yilligini yangi ishlanmalar va xizmatlar bilan kutib olmoqda. Ayni damda Ucell kompaniyasi mutaxassislari abonentlarga O‘zbekiston uyali aloqa bozori uchun yangi bo‘lgan imkoniyatlarni taqdim etish ustida faol ish olib borishmoqda. Tez kunlarda, yillik ICTEXPO 2019 axborot texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasi doirasida Kompaniya axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi navbatdagi yangiliklarini namoyish qiladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring