«U hammasini tan oldi» — Navalniy o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxs bilan suhbatini e’lon qildi
Rossiyalik muxolifatchi va bloger Aleksey Navalniy uning zaharlanishini uyushtirishi taxmin etilayotgan maxfiy FXX bo‘linmasi a’zosi bilan audiosuhbatini nashr etdi. Muxolifatchi fikriga ko‘ra, suhbat zaharlashda gumon etilayotganlar haqida tergov e’lon qilinishidan bir necha soat oldin sodir bo‘lgan.
Aleksey Navalniyning so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi qo‘ng‘iroq qiluvchining haqiqiy raqamini yashiradigan dasturdan foydalanib, tergovda aytib o‘tilgan sakkiz nafar FXXxodimiga qo‘ng‘iroq qilishga urindi. Ammo xodim Konstantin Kudryavsevdan tashqari hamma gaplashishdan bosh tortgan.
Navalniy o‘zini Xavfsizlik kengashi kotibi yordamchisi deya tanishtirgan va xodimdan 2020-yil avgustda bo‘lib o‘tgan voqealar xususida so‘ragan. Xodim Navalniy Omskdagi shifoxonaga yotqizilgach, uning narsalariga qanday ishlov berilgani haqida ham gapirib o‘tgan.
Kudryavsev tafsilotlarni to‘liq bilmasligi va operatsiya boshida turgan Stanislav Makshakovga murojaat qilish lozimligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Navalniy 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotganda, qattiq betoblanib, koma holatiga tushgandi. Shundan so‘ng, u Germaniya taklifiga ko‘ra, Berlinda davolandi.
Muxolifatchi o‘zining zaharlanishida Rossiya hukumatini ayblab keladi. Ammo rasmiylar buni inkor qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter