U-17. O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Chilini mag‘lubiyatga uchratdi

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston U-17 jamoasi Santiyagoda Chili (U-17)ga qarshi to‘p surdi.

Yagona gol futbolchilarimizga g‘alaba keltirdi.
Jamoalar 13-iyun kuni yana maydonga tushadi.
Islom Ismoilov jamoasi yig‘in doirasida 17 va 19-iyun kunlari Boliviya bilan ham o‘ynaydi.
Har ikki raqib ham O‘zbekiston kabi kuzda kichik mundialda qatnashadi.
O‘rtoqlik o‘yini U-17
Chili — O‘zbekiston 0:1
11-iyun. Santiyago
Gol: Azizbek Erimbetov (35).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter